Yana 235 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
04 avgust 2020
11337Bugun, 3 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 235 nafarga oshib, 26 301 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Samarqand viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida hamda 11 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 531 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 9 nafar, jami 755 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 17 262 (+755) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 880 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi