8 nafar o‘zbekistonlik bokschi yoshlar mundiali finalida jang qiladi
Sport
−
24 noyabr 2022 3496 1 daqiqa
Ispaniyaning La Nusiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati tobora o‘z poyoniga yetib bormoqda. 23 noyabr kungi janglardan so‘ng, turnirning finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston jamoasidan 8 nafar bokschi mundialning hal qiluvchi bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida Gulsevar G‘aniyeva, Aziza Zokirova va Oltinoy Sotimboyeva o‘z vazn toifalarida oltin medal uchun bahslarga kirishadi.
Erkaklar o‘rtasida Javohir Ummataliyev, To‘rabek Xabibullayev, Baxtiyor Asadov, Fazliddin Erkinboyev va Rahmatillo Boymatov o‘z janglarida g‘alabaga erishdi.
Xo‘janazar Nortojiyev va Sahobat Husanova musobaqaning bronza medali bilan cheklanadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, yoshlar mundialining final janglari 25 va 26 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025