8 nafar sudya jazoga tortildi

Jamiyat

image

Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan sakkiz nafar mas’uliyatsiz sudya intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining raisi A. Bobomurodov;
  • Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari I. Mirzayeva;
  • Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha  Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi G. Tojiboyeva;
  • Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyalari E. Abdullayev, D. Olimov;
  • Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyalari M. Abidov, Z. Nuriddinov;
  • Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Sh. Ochilov intizomiy jazoga tortilgan.

Avvalroq, Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida 4 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Toshkent va Namangan viloyatlarida qonuniylikni buzgan ikki nafar sudya lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining birinchi dekadasida Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining raisi R.Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi M.Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh.Ne’matov esa sudyalik qasamyodini buzgani uchun  lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

194

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing