8 hududda yana 230 kishi koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020
9925Bugun, 10 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 230 nafarga oshib, 45 160 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
150 nafari Toshkent shahrida;
36 nafari Toshkent viloyatida;
16 nafari Samarqand viloyatida;
9 nafari Namangan viloyatida;
8 nafari Xorazm viloyatida;
5 nafari Buxoro viloyatida;
5 nafari Surxondaryo viloyatida;
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 42 212 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 580 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023