746 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2020
4712O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l reysni tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Qarorga muvofiq, maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 19 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 746 nafar fuqarolar bilan “Lixaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.
Mazkur poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazilgan.
LiveBarchasi