70 yoshdan oshganlar APL o‘yinlariga kiritilmaydi (mi?)

Sport

image

Angliya Premer-ligasi rahbariyati koronavirus sabab, 70 yoshdan oshgan futbol muxlislarini stadionlarga kiritmaslik borasida o‘ylamoqda.

Sport rahbarlari va OAV vakillari ertaga, 9 mart kuni uchrashib, Buyuk Britaniyada koronavirus tarqalishiga javoban favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha keyingi harakatlarni muhokama qiladi. 70 yoshdan oshgan muxlislar uchun futbol o‘yinlarini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. 

Shuningdek, dushanba kungi yig‘ilishda iloji boricha futbol uchrashuvlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazish yoki o‘yinlarni boshqa kunga ko‘chirish borasida muhokama qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Angliyada ikki kishi koronavirus sabab vafot etgan, jami 163 nafar odamda ushbu infeksiya qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, hozircha APL chempionati doirasidagi uchrashuvlar qoldirilmadi va muxlislarsiz o‘tkazilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Koronaviruse

Baholaganlar

29

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing