7 soatda yana 215 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
31 iyul 2020
8878Bugun, 31 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 215 nafarga ortib, 23 773 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 151 nafari Toshkent shahrida;
• 35 nafari Buxoro viloyatida;
• 19 nafari Andijon viloyatida;
• 6 nafari Toshkent viloyatida;
• 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 524 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 14 204 (+524) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 430 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda.
LiveBarchasi