7 soatda qariyb 300 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 296 nafarga oshib, 25 336 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    277 nafari Toshkent shahrida (shundan 226 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

•    51 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida);

•    19 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar O‘zbekistonda 15 833 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (62 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 352 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing