7 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionligi uchun jang qiladi

Sport

image

Tobora o‘z poyoniga yetib borayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yarim final janglari ortda qoldi. 9 nafar O‘zbekiston vakili final yo‘llanmasi uchun jang qildi.

-92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov yarim final jangini rossiyalik tajribali Muslim Gajimagomedovga qarshi o‘tkazdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. -75 kg da esa A’loxon Abdullayev yarim finalda braziliyalik Vanderley Pereyraga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi. Shunday qilib, ikki O‘zbekiston vakili Jahon chempionatini bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.

Oybek Jo‘rayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov finaloldi janglarda raqibidan ustun kelib oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ispaniyalik Ayub Gadfa Drissiga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Drissi jarohat sabab ringga ko‘tarila olmadi va Jalolov avtomatik tarzda finalga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Lazizbek Mullojonov Saidjamshid Jafarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing