66! O‘zbekistonda koronavirusdan davolanganlar yana ko‘paydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 19 nafar, so‘ngra Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Koronavirusga charshi kurashda natijaga erishgan hududlar qatoriga Xorazm viloyati ham qo‘shildi. Xorazm viloyatida yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir nafar bemor butunlay sog‘ayib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘aygan bemor surxondaryolik bo‘lib, joriy yil Rossiyadan charter reysda Urganchga kelgach, 25 mart kuni unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Jonkuyar shifokorlarimizning mardonavor sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq, 32 yoshli bemor darddan butunlay tuzaldi. Shunday qilib ayni paytgacha O‘zbekiston bo‘yicha jami 66 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, koronavirusga chalinganlar 833 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing