Tezkor: 56 o‘zbekistonlik ketayotgan avtobus KamAZ bilan to‘qnashdi (video)
Olam
−
21 dekabr 2019
31685Bugun, 21 dekabr kuni Rossiyaning Volgograd viloyatida KamAZ va 56 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus to‘qnashib ketdi. Bu haqda OAV Rossiya IIVning hududiy boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buyurtma qilingan avtobusning haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan yarim pritsepli KamAZga yo‘l bermasligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Natijada avtobus yo‘ldan chiqib ketgan.
Ta’kidlanishicha, avtobusdagi barcha 56 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisada 5 nafar yo‘lovchi jabrlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Hozir voqea joyida maxsus xizmatlar YTHning barcha tafsilotlarini o‘rganish ishlarini olib boryapti. Shuningdek, yo‘lovchilarni vaqtincha mahalliy maktabga joylashtirish masalasi ko‘rilyapti.
LiveBarchasi