520 ming dollar pora olganlikda ayblangan deputat hibsga olindi
Olam
−
15 mart 2019 13285 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Vadim Belousov pora olishda ayblanib, qo‘lga olindi. Vadim Belousov uch milliard rubl pora olganlikda gumon qilinyapti. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqtda Yekaterinburgning Lenin sudi deputatning qamoqqa olinishi bo‘yicha rasmiy talabnomani ko‘rib chiqadi. Belousov o‘ziga tayinlanadigan chorani kutish uchun sudga olib borilgan.
Tergov Chelyabinsk viloyatining sobiq gubernatori Mixail Yurevich Belousovning sherigi deb hisoblayapti. Ayni vaqtda Mixail Yurevich xalqaro qidiruvga berilgan. Amaldorlar “Avtoban” xoldingi vakillarini o‘z himoyasiga olgani uchun ulardan 3,4 mlrd rubl pora olgan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr