50 ming dollar evaziga fuqarolarni AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan odamlarni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbirda bir fuqaroni 30 000 AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy ravishda ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi. U 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga oldi.

Yana bir holatda fuqaro O.R. va boshqalar fuqaro A.S.ni 20 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida AQSHga yuborishga kelishgan. Belgilangan puldan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh DXX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing