5 yilda ta’lim sifati o‘sdimi? Mas’ullar aravani quruq olib qochdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
OTMga kirish darajasi bo‘yicha yetakchi hudud nomi ma’lum bo‘ldi  north_east

OTMga kirish darajasi bo‘yicha yetakchi hudud nomi ma’lum bo‘ldi 

Avval xabar berganimizdek, kecha, 3 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida umumta’lim muassasalari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ  jurnalisti Feruza Najmiddinova Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyevdan so‘nggi besh yil ichida ta’lim sifatini oshirish uchun nimalar qilingan va shu vaqt mobaynida ta’lim sifati necha foizga o‘sgani haqida savol bilan yuzlandi.

“Oliy toifali o‘qituvchilar soni ikki baravarga oshdi. Xuddi shu kabi birinchi toifali o‘qituvchilar soni ham oshib bormoqda. Albatta, sifat ko‘tarilmoqda. Yilma-yil tahlillarni kuzatadigan bo‘lsak, sifat oshmoqda. Lekin bugungi kunda bu natija yetarli emas. O‘tgan yili oktyabr oyida Prezidentimiz bitta vazifani qo‘yganlar. Maktablar faoliyatining sifati faqat maktab direktorlarining ishi emas, umumxalq ishi. Hokimlar ham bunga yordam berishi kerak. Agar bugun barchamiz maktablarga e’tibor bersak, buning ortida yaxshi kadrlarni tayyorlaymiz. Men hozir raqamlarga to‘xtalib o‘tmayman. Ma’ruzamda ta’lim sifatining o‘sish darajasi bevosita ko‘rsatilgan. Natijalar yilma-yil o‘sib bormoqda. Matematika fani bo‘yicha ta’lim 7 foizga oshdi. Lekin bu yetarlimi, yoki aksincha degan masala bor. Bu yetarli emas. Chunki, bugun biz matematika fanini o‘qityapmizmi, yoshlarimiz 100 foiz ijobiy bahoga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun, men sizga hozir aniq foiz bo‘yicha ochib bera olmayman. Lekin o‘sish dinamikasi bor. Reytingning maqsadi shu. Shu bilan birgalikda muammolarimizga yechim topib, reytingni ko‘tarishimiz kerak”, deya javob berdi Ulug‘bek Toshkenboyev.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri umumta’lim maktablarida berilayotgan ta’lim sifati bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egalladi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari esa eng quyidan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'lim

Baholaganlar

195

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing