OTMga kirish darajasi bo‘yicha yetakchi hudud nomi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
03 noyabr 2021
97892020 o‘quv yili yakunida maktab bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi bo‘yicha Navoiy shahri birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Umumta’lim maktablari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumanidan xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil yakuni bo‘yicha bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi va o‘rtacha to‘plagan ballari bo‘yicha tuman va shaharlar miqyosida eng yuqori 5 ta o‘rinlarni Navoiy shahri (31,3 foiz, 79,5 ball), Uchquduq tumani (25,8 foiz, 65,7 ball), Zarafshon shahri (25,8 foiz, 71,2 ball), Qorovulbozor tumani (25,6 foiz, 69,6 ball) va Qiziltepa tumani (24,28 foiz, 69,8 ball) egalladi.
Ushbu indikator bo‘yicha eng past ko‘rsatkichli maktablar TOP-5 taligida Urgut tumani (2,41 foiz, 29,9 ball), Namangan shahri (2,51 foiz, 17,6 ball), Qorasuv shahri (2,71 foiz, 35,3 ball), Toshkent tumani (3,11 foiz, 35,3 ball) va Mirzacho‘l tumani (4,07 foiz, 43,8 ball) qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri umumta’lim maktablarida berilayotgan ta’lim sifati bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egalladi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari esa eng quyidan joy oldi.
Bundan tashqari, umumta’lim maktablari reytingi bo‘yicha salbiy ko‘rsatkichlar ham ma’lum bo‘ldi. Jumladan, o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona (391 ta), Toshkent (144 ta) va Namangan viloyatlari (97 ta)da qayd etilgan.
LiveBarchasi