5 mlrd so‘mlik kreditni o‘zlashtirgan o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi
3-sahifa
−
09:35 1754 1 daqiqa
5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik S. A. Turkiya hududida qo‘lga olindi hamda O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, S. A. ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib, davlat byudjetiga jami 5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi bilan xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Mazkur shaxs tegishli tergov va protsessual harakatlarni davom ettirish uchun O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirilgan.
“O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘nalishida izchil davom etmoqda“, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi