4 ta dori koronavirusni davolashda ishlatiladigan vositalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
20582O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda foydalaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar bergan edik.
Hukumat qaroriga muvofiq, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ro‘yxatidan, jumladan, umifenovir, meglyumina akridonatsetat, ritonavir, sikloferon kabi dori vositalari chiqarilib, ro‘yxatga kolxitsin, nistatin, flukonazol kabi dori vositalari kiritildi.
Shuningdek, endilikda quyidagi tibbiyot buyumlari ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan import qilinishi mumkin:
• infuzion va shrpits nasoslari uchun kraynik, shpritslar va magistral uzaytirgich liniyalar;
• MSKT uchun shprits-kolba va magistral uzaytirgich liniyalar;
• kislorod ballonlari, yostiqchalari, butlovchi va sarf materiallari;
• muzlatilgan qon va plazmani eritish uchun apparat;
• kislorod klapanlari va kislorod regulyatorlari (reduktorlari) namlagich butilkalari bilan birga.
Eslatib o‘tamiz, qaror bilan O‘zbekistonda Xitoyda ishlab chiqarilgan Lyanxua Sinven dorisidan ham koronavirusni davolashda foydalanish mumkinligi belgilandi.
Hukumat qarori bilan iyul oyida tasdiqlangan ro‘yxatda 46 ta dori va preparatlar joy olgandi. Yangilangan ro‘yxatga 73 ta dori kiritilgan.
LiveBarchasi