4 oktyabrdan Umra ziyoratiga start berilyapti

Olam

image

Saudiya Arabistoni Haj vazirligi yangi turdagi koronavirus COVID-19 choralari doirasida 6 oyga yaqin to‘xtatilgan Umra ziyoratlari uchun qayta ariza qabul qilinishini e’lon qildi. Endi arizalar elektron shaklda  “Eatmarna” nomli mobil ilova orqali qabul qilinadi. Ushbu ilova bugundan e’tiboran ishga tushirilishi kutilmoqda.  

Vazirlik tomonidan qilingan yozma bayonotga ko‘ra, Umra ziyorati 4 oktyabrdan e’tiboran bosqichma-bosqich qayta boshlanadi.

Makkada 4 oktyabrdan boshlab mamlakatda bo‘lib turgan, umra qilishni istaganlar uchun 30% (kuniga 6 ming kishiga mo‘ljallangan) quvvat bilan Masjid al-Haram, jumladan Ka’ba ziyorati ochiladi. 18 oktyabrdan boshlab Masjid an-Nabaviydagi Masjid al-Haram va Ravza ash-Sharif 75 foiz quvvatda mamlakat ichkarisidagi mehmonlarni qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda joriy yilning 23 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan.

Manbalarga ko‘ra, noyabr oyining boshidan boshlab, Saudiya Arabistoni chet eldan kelgan umra ziyoratchilarini ham qabul qilishni boshlaydi. Ushbu bosqichda Masjid al-Haram va Masjid an-Nabaviy COVID-19 qarshi choralarga rivoya qilgan holatda to‘liq quvvat bilan ochiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Umra

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing