4 iyulda Stoltenbergning vakolat muddati uzayishi mumkin 

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolatini bir yilga uzaytirish haqidagi qaror rasman 4 iyul kuni tasdiqlanishi mumkin. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Shimoliy Atlantika alyansidagi manbalarga tayanib, DPA agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, harbiy-siyosiy blok vakillari alyans Bosh kotibi lavozimiga NATOning barcha davlatlari uchun maqbul bo‘ladigan yangi nomzod bo‘yicha kelisha olmagan.

Shu hafta boshida “Politico” nashri Stoltenbergning vakolat muddati rasman uzaytirilgani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan. Maqolada keyingi haftada qabul qilinuvchi qarori haqida so‘z yuritilgan, ammo aniq sana aytilmagan.

NATO matbuot kotibi Oana Lungesku esa Stoltenberg sentyabrda tugaydigan vakolat muddatini uzaytirmoqchi emasligini aytgan.

Ma’lumot uchun, Yens Stoltenberg 2014 yildan beri NATO Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Bosh kotibi lavozimiga Estoniyaning amaldagi Bosh vaziri Kaya Kallas, Litva hukumati rahbari Ingrida Shimonite, Slovakiya Prezidenti Zuzana Chaputova, Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis, Italiya sobiq bosh vaziri Mario Dragi, Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Tereza Mey, Kanada Moliya vaziri Xristya Friland, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenlar da’vogarlik qilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing