34 yoshli germaniyalik futbolchi baxtsiz hodisada vafot etdi

Sport

image

“Shtutgart” jamoasining sobiq germaniyalik futbolchisi Sebastyan Xertner Chernogoriyadagi chang‘i kurortida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Gala” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fojia joriy yilning 20 dekabr kuni Durmitor tog‘ tizmasidagi Savin Kuk cho‘qqisiga olib chiquvchi chang‘i liftida yuz bergan. Ikki o‘rindiqli lift stullarining to‘qnashuvi natijasida Xertner taxminan 70 metr balandlikdan pastga qulab tushgan.

Futbolchining rafiqasi stulda qolib ketgan va jarohat olgan, u qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz tarzda pastga tushirilgan. Sebastyan Xertner “Shtutgart” klubining yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan, Germaniya yoshlar terma jamoalari safida 19 ta o‘yinda maydonga tushgan. 

U professional faoliyati davomida “Ertsgebirge”, “Darmshtadt” va “1860 Myunxen” klublarida, asosan, Germaniyaning ikkinchi divizionida to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq norvegiyalik biatlonchi, uch karra Yevropa chempioni Sivert Guttorm Bakken Italiyaning Lavaze shahridagi mehmonxona xonasida o‘lik holda topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi baxtsiz hodisa Sebast'yan Xertner “Shtutgart”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing