329 ta maktabda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
7752O‘zbekistonda bugun, 7 sentyabrdan e’tiboran rasman 2020/2021 o‘quv yiliga start berildi. Pandemiya va karantin bilan bog‘liq 6 oylik tanaffusdan so‘ng bugun respublikadagi 10 mingga yaqin maktabdan 329 tasi o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, 16 martdan boshlab, an’anaviy ta’lim jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilib, bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.
Bugun 6 oy deganda 329 maktab o‘quv dargohini sog‘ingan o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Qayd etilishicha, maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Yangi 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi ta’lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.
LiveBarchasi