318 nafar bemor og‘ir va o‘ta og‘ir ahvolda qolyapti – SSV
Jamiyat
−
06 noyabr 2020
10874Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekistonda 223 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 580 nafarga yetdi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida 217 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 68 283 nafar bemordan 65 550 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2153 nafar bemordan 251 nafari og‘ir, 67 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi