30 yil qidiruvda bo‘lgan Italiya mafiyasi boshlig‘i qo‘lga olindi
Olam
−
16 yanvar 2023
17807Italiya hukumati “Cosa Nostra” mafiyasining boshlig‘i deb hisoblangan Matteo Messina Denaroni hibsga oldi. Bu haqda “ANSA” agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Denaro Palermodagi Maddalena xususiy klinikasida qo‘lga olingan. U mamlakatda qariyb 30 yildan beri qidiruvda bo‘lgan.
“Sky Tiji” telekanali xabariga ko‘ra, u hibsga olishga qarshilik ko‘rsatmagan.
Uni topishdagi qiyinchilik shuki, uning aniq tashqi ko‘rinishi hech kimga ma’lum bo‘lmagan. Ilgari u Sitsiliya, Rim, Milan va Florensiyada qotillik va teraktlar uyushtirganlik uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
2020 yilda Sitsiliya orolidagi Kaltanissetta shahri sudi Denaroni 1992 yilda sudyalar Jovanni Falkone va Paolo Borsellinoning o‘ldirilishini uyushtirishga aloqador deb topgan.
Tergov organlari uni 2007 yilda avvalgi xo‘jayin Salvatore Lo Pikkolo hibsga olinganidan keyin Sitsiliya mafiyasini boshqargan deb taxmin qilgan. Yillar davomida politsiya Denaro atrofidagi odamlarni hibsga oldi.
Italiya Bosh vaziri Jorj Meloni Denaroning hibsga olinishini davlat uchun katta g‘alaba deb atadi.
LiveBarchasi