30 ming dollarlik muhabbat: Buxoroda ayol sevgilisini “shantaj” qildi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida ayol sobiq sevgilisidan ular o‘rtasida bo‘lgan ishqiy munosabatni oshkor qilmaslik uchun 30 ming dollar talab qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Peshku tumani “Valfajir” MFYda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan ayol Vobkent tumanining “Charimgaron” MFYda yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan erkak bilan 2019 yildan beri ishqiy munosabatda bo‘lib, sir saqlanishi lozim bo‘lgan yozishmalar va fotosuratlarni yaqin qarindoshlariga ma’lum qilish yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali uni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 30 ming AQSH dollari talab qilgan.

Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan joriy yil 24 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u talab qilgan pullardan 10 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahrida yigiti bilan ishqiy munosabati aks etgan videoni uning oila a’zolariga oshkor qilish bilan qo‘rqitib, 5 ming dollar pul talab qilgan 19 yoshli qiz ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro “shantaj” ishqiy munosabat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing