3 ta yodgorlikni muzeyga aylantirish uchun 2 mlrddan ortiq pul ajratildi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2023
4996O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan 5 ta arxeologik yodgorliklar ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 maydagi “Muzeylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2023-2026 yillarda muzeyga aylantirishga mo‘ljallangan arxeologik yodgorliklarning manzilli rejasi tasdiqlangan.
Ushbu qaror asosida viloyat restavratsiya markazlari tomonidan Toshkent shahridagi “Chilonzor Oqtepa”, Surxondaryo viloyatidagi “Dalvarzintepa”, Andijon viloyatidagi “Mingtepa”, Samarqand viloyatidagi “Sherozqal’a”, Qoraqalpog‘istondagi "Qo‘yqirilgan qal’a" arxeologik yodgorliklarida ochiq osmon ostidagi muzey tashkil etish va ularni turistik ob’ektga aylantirish belgilandi.
Shu munosabat bilan, Samarqand viloyatida joylashgan Sherozqal’a arxeologik yodgorligini muzeylashtirish uchun Madaniy meros agentligi tomonidan 1 mlrd so‘m, Toshkent shahridagi “Chilonzor Oqtepa” arxeologik yodgorligini restavratsiya va ta’mirlash uchun 500 mln, Surxondaryodagi “Dalvarzintepa” arxeologik yodgorligi uchun esa 800 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Qolgan 2 ta ob’ektga sarflanadigan pul miqdori esa hali ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Samarqandda joylashgan tarixiy obidalarning ta’miri va qayta tiklanishi uchun jami 28,7 mlrd so‘m mablag‘ sarflangandi.
LiveBarchasi