Ikki viloyatda Umraga noqonuniy yuborishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
14:41 725 1 daqiqa
Samarqand va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi oilaviy korxona vakili fuqaroga o‘zi va ikki nafar qarindoshini Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga u 3450 dollar talab qilgan. Ushbu shaxs 3000 dollarni olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shunga o‘xshash holat Namangan viloyatida ham aniqlangan. Namangan tumanidagi MCHJ rahbari Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni Umra ziyoratiga yuborish evaziga 1350 dollar talab qilgan. U oldindan 1200 dollarni olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib utamiz, avvalroq Farg‘onada tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishga uringan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Marjona Mamaniyozova
Live
BarchasiRubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
16 Oktyabr