4 kishini Umraga yuborish uchun $4400 talab qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
12:00 425 1 daqiqa
Farg‘onada tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turfirma ishchisi Umra ziyoratini tashkil etish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun 4400 AQSH dollari talab qilgani aniqlangan. U fuqarolardan 1100 dollarni oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Umra safariga noqonuniy jo‘natishni va’da qilib, fuqarolardan pul undirgan sayyohlik firmasi xodimlari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi