3 ta viloyatda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
Jamiyat
−
15 fevral 2023
13839Xitoy kompaniyasi va O‘zbekiston o‘rtasida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Bugun, 15 fevral kuni Qashkadaryo, Buxoro va Samarkand viloyatlarida umumiy kuvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan respublikaga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi.
Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, stansiyalar 2024 yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilning 1 sentyabridan boshlab davlat tashkilotlari quyosh paneliga o‘tishi shartligi haqida yozgan edik.
LiveBarchasi