3 nafar o‘zbekistonlik Malayziyada o‘limga hukm qilindi (video)
3-sahifa
−
25 iyun 8959 2 daqiqa
Bir necha yil oldin Malayziyada ikki nafar o‘zbekistionlik ayol va ularning bir nafar tanishi o‘lim jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi O‘ktam Suvonov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bir necha yil oldin uch nafar O‘zbekiston fuqarosi, xususan, 56 va 54 yoshli ayollar Kuala-Lumpur aeroportida yirik hajmdagi giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingan. Keyinchalik Malayziya sudi ularni o‘lim jazosiga hukm qilgan. Hammasi ayollardan birining qizi chet ellikka turmushga chiqqani va onasiga Malayziyaga bepul sayohat taklif qilganidan boshlangan. Ayol o‘zi bilan birga 25 yil davomida nogiron qizini parvarishlab kelayotgan qo‘shnisini, shuningdek, yana bir tanishini taklif qilgan.
Parvozga sanoqli daqiqalar qolganda ularga notanish bir shaxs bo‘sh chemodan bergan. Kuala-Lumpurga uchib borganidan keyin ayollarni hech kim kutib olmagan. Shu vaqtda ular aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarining e’tiborini tortgan.
Tekshiruv davomida har bir chemodanda to‘rt kilogrammdan metamfetamin – sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Suvonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zlari bilmagan holda narkokurerlarga aylanib qolgan ayollar aynan shu tarzda eng og‘ir jinoyatlardan birida ayblanuvchi bo‘lgan.
Suvanov Malayziyaga shaxsan o‘zi borgan va qamoqxonada ayollar bilan ko‘rishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollardan biri uchrashuv paytida xotirasida bir umrga muhrlanib qolgan gapni aytgan: “Siz, ehtimol, hayotimda ko‘rib turgan eng so‘nggi vatandoshimsiz”.
O‘ktam Suvonov o‘lim hukmi ijro etilgan-etilmagani haqida ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2025 yilning aprel oyida janjal uyushtirgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosiga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Live
Barchasi