298! O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
05 aprel 2020
22139O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ortib, 298 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Oxirgi tasdiqlanganlarning ham barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi