27 mart kuni Afg‘onistonning taqdiri hal etiladi. Unda “Tolibon” qatnashadimi?

Olam

image

BMT homiyligida Afg‘oniston bo‘yicha tinlik konferensiyasi joriy yilning 27 mart kuni Istanbulda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda kecha, 10 marta  “Tolo News” telekanali “Tolibon” radikal harakatiga yaqin manbaga asoslanib xabar berdi

Telekanal bo‘lajak tadbir to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

Joriy yilning 7 mart kuni “The New York Times” gazetasi o‘z ixtiyoridagi hujjatga asoslanib, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘aniga xat yuborib, unda BMT homiyligida konferensiya o‘tkazishni taklif qilganini xabar qildi. Blinkenga ko‘ra, tinchlik jarayoni yetarli darajada tez rivojlanmayapti. 

Gazetaning yozishicha, konferensiya davomida AQSH, Xitoy, Rossiya, Pokiston, Eron va Hindiston vakillari Afg‘onistonda tinchlikni saqlashga qaratilgan kompleks yondashuvni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. “The New York Times” gazetasining yozishicha, tadbirdan maqsad har ikki tomon ishtirokida hukumat tuzish va zo‘ravonlikni uch oy muddatga, keyinchalik o‘t ochishni to‘xtatishdir.

RIA Novostiga yaqin manbaning xabar berishicha, 27 mart kuni Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tinchlik jarayoni konferensiyasida “Tolibon” vakillari ham ishtirok etadi. 

“Tolibon vakillariga Turkiyadagi uchrashuvga taklifnomalar yuborilgan. Avvaliga ba’zi eslatmalar bo‘lgan, ammo hozirda delegatsiya ishtirok etishi tasdiqlandi”, deydi RIA Novosti shaxsini ochiqlamagan manba. 

Qobuldagi Tolibonga yaqin bo‘lgan yana bir manbaning RIA Novostiga aytishicha, tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha siyosiy va fuqarolik faollari, harakatning “do‘stlari va tarafdorlari” allaqachon Turkiya vizalarini olgan. Ularning ikkitasi Turkiyaga yetib kelgan, boshqalari esa safarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Manba Turkiyadagi sammit barcha tomonlar ishtirok etadigan afg‘oniston ichidagi muzokaralarni tezlashtirish uchun o‘tkazilayotganini ta’kidlagan. Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashi va Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishda qatnashishlarini allaqachon tasdiqlashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida tinchlik muzokaralari 2020 yil 12 sentyabrda Qatar poytaxti Dohada boshlandi.

Afg‘onlararo muzokaralarning boshlanishi, Hukumat va "Tolibon"ning muzokara stoliga kelishida O‘zbekiston, xususan Prezident Mirziyoyevning ishtiroki katta. Mirziyoyev iqtidorga kelgan ilk kunlardanoq dunyo hamjamiyati oldiga afg‘on muammosini yana ko‘ndalang qo‘ydi. U 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish ekanini ta’kidladi. 

2018 yil 27 mart kuni "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2020 yilning 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu Afg‘onistonda tinchlik va osuda hayot uchun qo‘yilgan yana bir ulkan qadam, deyish mumkin. O‘zbekiston 40 yildan ziyod vaqt davomida Afg‘onistonda davom etayotgan urush, notinchlik va o‘zaro muammolarni afg‘on xalqining o‘zi o‘z irodasi bilan hal etishi tarafdori. 

2020 yilning 29 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida yana afg‘on muammosiga to‘xtalib, shunday degan edi:

"Biz qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik o‘rnatilishiga qat’iy ishonamiz va bu ezgu yo‘lda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz".

O‘tgan yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shning tinch – sen tinch degan azaliy qadriyatga asoslangan islohotlari natijasida afg‘on muammosini hal etishda oldinga siljish kuzatildi. Buning samarasini 2020 yilning 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik sulhi imzolanganida ham ko‘rish mumkin. Sulhda AQSH 19 yil deganda o‘z harbiy kuchlarini afg‘on diyoridan olib chiqib ketishi, “Tolibon” ham qurolli harakatlarni to‘xtatishi belgilandi. 

2020 yilning 12 sentyabr kuni Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralar esa afg‘on xalqining va nihoyat tinch va farovon hayotga qovushishidan dalolat berdi. “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari Mulla Abdulg‘ani Birodar o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan suhbatlashib, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va mamlakat iqtisodiyotini tiklash borasida rasmiy Toshkentning faolligini alohida e’tirof etdi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Dohada yana tinchlik muzokaralari boshlandi. Unda ishtirok etayotgan "Tolibon" vakillari turli sabablarga ko‘ra muzokaralarni tark etgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing