Toshkent metrosida yigit nega o‘zini poyezd yo‘liga tashlagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
15 aprel 2022 42765 1 daqiqa
Avvalroq Toshkent metrosining Pushkin bekatida 22 yoshli yigit o‘zini qasddan poyezd yo‘lagiga tashlagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holatga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 14 aprel kuni soat tahminan 17:30 larda “Pushkin” metro bekatida yigit o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan o‘zaro muammosi borligi tufayli gap talashib, kelisha olmaganidan so‘ng o‘zini elektropoyezd tagiga tashlagan. BPga ko‘ra, u dastlab aytilganidek 22 yosh emas, 20 yosh bo‘lgan.
Fuqaro tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganida, unga tan jaroxati yetmagani aniqlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan sirdaryolik erkak voqea joyida vafot etgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust