Maktablarda bahorgi ta’til 21-27 mart kunlariga belgilandi

Jamiyat

image

Har yili umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, har bir chorak yakunida maktab o‘quvchilari uchun qisqa muddatli ta’til e’lon qilinadi. Bu ta’tillar kuz, qish va bahor fasllariga to‘g‘ri keladi. 

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shu yilgi bahoriy ta’til umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019 yil 21 martdan boshlanib, 27 mart kuni yakunlanadi va joriy yilning 28 mart kunidan IV chorakning birinchi o‘quv kuni boshlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlar uchun sport seksiyalari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklar o‘quvchilar ixtiyorida bo‘ldi. Shuningdek, joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti tashkil etiladi.

Qolaversa, 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fanlar bo‘yicha bilimlar bellashuvining tuman (shahar) bosqichi, 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining 3-bosqichi o‘tkaziladi hamda “Biz buyuk Vatan farzandlarimiz” shiori ostida ta’lim muassasalarining boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bolajonlar sport jamoalari”, “Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.

Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va ko‘rgazmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, respublikamizdagi barcha axborot-resurs markazlari ta’til kunlarida o‘quvchilar ixtiyorida bo‘lib, bu yerda turli mavzularda tadbirlar, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini oshishida xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing