208 homilador ayol va 328 nafar bolada koronavirus aniqlandi – Bositxonova
Jamiyat
−
08 iyul 2020
10916O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda 328 nafar bola koronavirusga chalindi. Ular orasida 14 yashar bolakay vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qilgan.
Bositxonovaning ta’kidlashicha, karantin davrida 3 mingdan ortiq homilador ayollarni karantinga olingan. Ularning 208 nafarida koronavirus aniqlangan.
“Ushbu infeksiyaning homilador ayol va uning homilasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ortiqcha ta’riflashga hojat yo‘q”, deydi Bositxonova.
Vaziyatning jiddiyligini alohida urg‘ulagan vazir o‘rinbosari, bugungi kungacha 45 mingdan ortiq bolalar ham karantinda bo‘lganini qo‘shimcha qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.
LiveBarchasi