2025 yilda O‘zbekistonda qancha chaqaloq tug‘ildi?
Jamiyat
−
02 fevral 3144 1 daqiqa
2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
- Samarqand viloyati – 106 266 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 99 656 ta;
- Farg‘ona viloyati – 98 319 ta;
- Surxondaryo viloyati – 81 885 ta;
- Andijon viloyati – 79 672 ta;
- Namangan viloyati – 75 689 ta;
- Toshkent viloyati – 64 245 ta;
- Toshkent shahri – 62 318 ta;
- Xorazm viloyati – 46 056 ta;
- Buxoro viloyati – 43 654 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 39 277 ta;
- Jizzax viloyati – 37 393 ta;
- Navoiy viloyati – 24 127 ta;
- Sirdaryo viloyati – 21 042 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi 2025 yilda O‘zbekistonda 884 500 bola tug‘ilgani haqida xabar bergandi. Milliy statistika agentligi va Adliya vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlar o‘rtasida 5000 chaqaloqdan ko‘p farq bor.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral