2025 yilda internet uzilishlari bo‘yicha rekord qayd etildi
Bu qiziq
−
09 yanvar 1415 1 daqiqa
2025 yilda hukumatlar tomonidan majburan amalga oshirilgan internet va ijtimoiy tarmoqlar uzilishlari global iqtisodiyotga 19,7 milliard dollar zarar yetkazdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 156 foizga ko‘p. Bu haqida “top10vpn” tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Unga ko‘ra, 28 mamlakatda 212 ta keskin uzilish sodir bo‘lgan va tarixiy rekord qayd etilgan. Umumiy uzilish va bloklanish vaqti 120 ming soatdan oshgan. 798 milliondan ortiq foydalanuvchi internet cheklovlaridan aziyat chekkan.
Eng ko‘p bloklangan platformalar:
- X (Twitter) – 18.354 soat;
- Telegram – 16.990 soat;
- TikTok – 14.646 soat.
Shuningdek, eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar:
- Rossiya – 11,9 mlrd dollar;
- Venesuela – 1,91 mlrd dollar;
- Myanma – 1,89 mlrd dollar.
Rossiya 2025 yilda internetni cheklash bo‘yicha eng faol davlat bo‘lib, may oyidan boshlab 57 ta yirik uzilishni amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Google kompaniyasi Rossiyadagi provayderlarni foydalanuvchilarga kontent yetkazib berishni tezlashtiruvchi Dell R720 serverlarini olib chiqib ketish niyati haqida xabardor qilgandi.
Shuningdek, Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmat WhatsApp Rossiya qonunchiligi talablarini bajarishni davom ettirmasa, u Rossiyada butunlay bloklanishi haqida xabar bergan edi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar