2024 yilda O‘zbekistonda 1,4 trln so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklar 2024 yil davomida 8 289 ta holatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur noqonuniy foydalanishlar oqibatida davlat manfaatlariga jami 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Elektr energiyasi bo‘yicha 730,1 mlrd so‘m (91 ta mayning, 184 ta AGTKSH, 1 422 ta suv nasosi) va tabiiy gaz bo‘yicha 679,1 mlrd so‘mlik ( 57 ta AGTKSH, 64 ta issiqxona, 5 ta ohak sexi) energiya resurslari talon-toroj qilingan.

O‘rganishlar davomida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 51 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining litsenziyasi bekor qilingan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 9 084 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida AYOQSH va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 189 ta holatda 5 mln 348 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha 47 ming 396 ta iste’molchilarga profilaktika tadbiri o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida 1 ming 614 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

talon-toroj energiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing