2024 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
Jamiyat
−
23 dekabr 2023
65902O‘zbekistonda 2024 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda kecha, 22 dekabr kuni "2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):
- 22 mart – juma;
- 11 aprel – payshanba;
- 18 iyun – seshanba;
- 3 sentyabr – seshanba;
- 31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 2 yanvar – seshanba;
- 23 mart – shanba;
- 12 aprel – juma;
- 31 avgust – shanba;
- 30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
- 6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
- 13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
- 14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.
LiveBarchasi