O‘zbekistonda 2026 yil uchun ish vaqti kalendari e’lon qilindi
Jamiyat
−
07 yanvar 16528 1 daqiqa
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2026 yilga mo‘ljallangan ish vaqti kalendari ishlab chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ish vaqti kalendari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” farmoni va 2025 yil va 2026 yillarning kalendarlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan.
Hujjatda 5 kunlik (40 soatlik), 6 kunlik (40 soatlik) va 6 kunlik (36 soatlik) ish haftalari uchun oylar, choraklar, yarim yillik va yil kesimida ish soatlari hamda ish kunlari soni hisoblab chiqilgan. Shuningdek, 2026 yilda nishonlanadigan rasmiy bayram kunlari va bayramoldi ish kunlarida ish vaqti me’yorlari alohida belgilangan.

Ushbu hujjatdan:
- ish jadvallarini ishlab chiqishda;
- ta’tillarni rejalashtirish va rasmiylashtirishda;
- oylik, choraklik va yillik ish soatlarini aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Agar Prezident Farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa yoki dam olish kunlari ko‘chirilsa, ushbu ish vaqti kalendari ham o‘zgaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident bayramona dam olish kunlari bo‘yicha farmon imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi