O‘zbekistonliklar 9 may munosabati bilan necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
13:56 8757 1 daqiqa
O‘zbekistonda 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kunlik ish haftasidagilar esa 2 kun dam oladi. Bu haqda Prezidentning 2025 yil dekabr oyida imzolangan “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 11 may (dushanba) ko‘chirilgan dam olish kuni etib belgilangan. Bu joriy yilda Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani bilan bog‘liq.
5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun:
- 9 may, shanba – odatiy dam olish kuni (bayram);
- 10 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
- 11 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Jami ketma-ket 3 kun dam olish.
- 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun:
- 9 may, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni;
- 10 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
Jami ketma-ket 2 kun dam olish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda O‘zbekistondagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 mln so‘mdan pul mukofoti berilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi