Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
12:16 1835 1 daqiqa
O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 37-40 daraja atrofida, janub va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida 41-43 darajagacha bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Joriy yilning 16 avgust kuni issiq havo biroz pasayadi, ammo hozircha uncha sezilarli bo‘lmasa-da, harorat 2-3 darajaga tushadi. Harorat asosan kechalari 21-26 daraja bo‘ladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun, 14 avgust kuni kunduzi respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari bugun va ertaga 38-40 daraja, yakshanba kuni esa 36-38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-14 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi