Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 31 iyul kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 38–41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42–43 darajagacha isiydi. Qayd etilishicha, bu iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2–4 darajaga yuqoridir.

Joriy yilning 1–2 avgust kunlari issiq ob-havo respublika hududining katta qismida saqlanib turadi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq pasayishi boshlanadi.

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi haftada haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet bugun, 31 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishi, shuningdek, oyning ilk kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, keyinchalik esa 3–5 darajaga pasayishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing