2021 yilda tuman byudjetining bir qismi jamoatchilik fikri asosida sarflanadi

Jamiyat

image

2021 tuman byudjeti xarajatlarini shakllantirishda mahalliy aholi va jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash uchu eksperiment o‘tkaziladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

2021 yilda tajriba tariqasida har-bir hududdan bittadan shahar yoki tuman byudjet xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib eksperimentdan o‘tkazilishi hamda 2022 yildan barcha tuman va shaharlar uchun ushbu tartib joriy etish nazarda tutilgan Prezident qarori qabul qilinadi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 aprel, ijro uchun mas’ullar - Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing