2021 yilda 60 ta davlat xizmati elektronlashtiriladi
O‘zbekiston
−
13936 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil, 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021 yilning oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarurligi ta’kidlangandi.
Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “2021 yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqdi.
Dasturda quyidagidavlat xizmatlarini elektronlashtirish rejalashtirilgan:
• fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish;
• avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun onlayn to‘lovlarini amalga oshirish;
• respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish;
• ish daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;
• oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish;
• avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
• avtotransport vositasini davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirish uchun ariza yuborish;
• mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;
• saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish va h.k.
Ma’lumot uchun, joriy yil 1 apreldan avtomobillar oynasining tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnomalarni ham onlayn olish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi