2021 yil qancha “qozi” javobgarlikka tortilgan?

Jamiyat

image

2021 yil ish faoliyatida  kamchilikka yo‘l qo‘ygan 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda bugun, 28 mart kuni Sudyalar Oliy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Jalilov ma’lum qildi.

“2021 yil viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar faoliyati o‘rganilib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi. Bundan tashqari, 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etildi”, deydi Jalilov.

Ahamiyatlisi, uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilning faqatgina birinchi choragida 22 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etilgan, 46 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 25 mart holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha sud tizimida vakantlar soni 38 tani, tizimda sudyalik lavozimida ishlayotganlarning soni 1292 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida 4 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgani haqida xabar bergan edik. Keyinroq, joriy yilning 21 fevral kuni Toshkent va Namangan viloyatlarida qonuniylikni buzgan ikki nafar sudya lavozimidan ozod etilgandi. Shuningdek, 17 mart kuni Toshkent shahri, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda 5 nafar sudya  mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya Sud'yalar Oliy kengashi

Baholaganlar

94

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing