2021 yil 4 yanvardan ID-kartalar berish boshlanadi

Jamiyat

image
ID-karta bizga nega kerak? Bu g‘aznani to‘ldirishning yangi yo‘limi? north_east

ID-karta bizga nega kerak? Bu g‘aznani to‘ldirishning yangi yo‘limi?

2021 yilning 4 yanvaridan O‘zbekistonda ID-kartalar berish va biometrik pasportlarni shunday kartalarga almashtirish boshlanadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Mirzaqambarov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ID-kartalarini olish uchun hech qanday maxsus hujjatlar talab etilmaydi, faqat paspot, ariza va davlat boji – bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi (198 470 so‘m) to‘lanishi lozim.

Shuningdek, ID-karta bir ish kunida beriladi (amaldagi biometrik pasportlarni 15 kun kutish kerak). Doimiy yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tish o‘zgargan taqdirda kartani almashtirish talab etilmaydi.

Shu bilan birga, fuqaro ID-karta olish uchun biometrik pasport kabi ro‘yxatdan o‘tgan joyiga borishi shart emas. Masalan, “propiska”si boshqa viloyatda bo‘lgan fuqaro Toshkentd ham ID-karta olishi mumkin.

ID-karta fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

•    tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha – ikki yil muddatga;

•    bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;

•    16 yoshdan oshgan shaxslarga – 10 yil muddatga.

Fuqaro 14 yoshdan boshlab ID-karta rasmiylashtirishda barmoq izlarini topshirishi shart.

Biometrik pasportlar hamda yashash guvohnomalari ID-kartalarga quyidagi muddatlarda almashtiriladi:

Birinchi bosqich – 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida (16 yoshga to‘lganda yoki qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa sabablarga ko‘ra);

Ikkinchi bosqich – 2023 yil 1 yanvardan 2029 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda almashtiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

ID-karta

Baholaganlar

980

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing