ID-karta bizga nega kerak? Bu g‘aznani to‘ldirishning yangi yo‘limi?

Intervyu

Oxirgi haftada O‘zbekistonda ID-karta masalasi yana kun tartibiga chiqdi. Xo‘sh, bu nima. 2009 yildagi Prezident qarori bilan joriy etilgan biometrik pasport va xorijga chiqish pasportlarining umri tugadimi? 

Yangi tartibga ko‘ra, ID-karta 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida (16 yoshga to‘lganda yoki qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa sabablarga ko‘ra) beriladi. 

Ikkinchi bosqich – 2023 yil 1 yanvardan 2029 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda almashtiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Xo‘sh, nega? Bu kartaning qanday qulayligi bor, nega shuncha ovoragarchilik kerak? O‘zbekiston zamonaviy davlatchilikning 30 yilini bosib o‘tdi. Ammo biz hamon fuqaroning fuqaroligini tasdiqlashning turli yo‘llarini qidiryapmiz. Bu kabi e’tirozlar talaygina. Shu bois QALAMPIR.UZ Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, Elektron axborot tizimlari boshqarmasi boshlig‘i Fazliddin Usmonov bilan suhbatlashdi.

Suhbat quyidagi savollar atrofida kechdi:

•    ID-kartalar olish tartibi qanday? Birinchi va ikkinchi bosqich kimlarni qamrab oladi? 

•    ID-karta yo‘qolib qolsa jarima to‘lanadimi?

•    Biopasport bilan ID-kartaning farqi nimada?

•    Chet eldagi o‘zbekistonliklarning ID-karta olishida muammolar bo‘lmaydimi?

•    ID-karta joriy etilishi g‘aznani to‘ldirish bilan qanchalik bog‘liq?

Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

ID-karta

Baholaganlar

415

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing