ID-karta yoki “prava” bilan bank xizmatidan foydalanishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori 2021 yil 26 yanvarda 3285-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Markaziy bank matbuot xizmati xabariga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatga kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar bank va mijoz o‘rtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklarning oldini olishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatga asosan fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID–kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-sonli Farmoniga asosan 2021 yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini berish tizimi joriy etilgan.

Shu bilan birga, 2017 yil 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 389-sonli qarorining 6-bandiga asosan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik guvohnomasi ID-karta

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing