Endi ID-kartasi bor haydovchilardan “prava”ni ko‘rsatish talab etilmaydi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2021
7045O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 martdan quyidagi xizmatlar YAIDXP orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:
• O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
• chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;
• sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;
• avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
• jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.
Haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.
Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:
• yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
• transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
• transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi.
2022 yil 1 fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.
Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
LiveBarchasi