Koronavirus pandemiyasi xalqaro turizm darajasini 30 yil ortga qaytardi – JST

Olam

image

Dunyo sayyohlik sanoati koronavirus pandemiyasi va unga bog‘liq cheklovlar tufayli 2020 yilning dastlabki 10 oyida 935 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Birlashgan millatlar tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti hisobotida  (BMT JST ) aytib o‘tilgan. 

“Yanvardan oktyabrgacha bo‘lgan davrda sayyohlik yo‘nalishlari 2019 yilning shu davriga nisbatan 900 million kamroq chet ellik sayyohlarni qabul qildi”, deyilgan tashkilot xabarida. 

Bu shuni anglatadiki, global turizm 1990 yilgi darajasiga qaytgan. 

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, prognozlarga ko‘ra, xalqaro sayohatchilar yil oxiriga kelib 70-75 foizga kamayadi. 

Qayd etilishicha, 2019 yilda mamlakatlar o‘rtasida sayohat qilganlar soni bir yarim milliardga yetgandi.

UNWTO prognozlariga ko‘ra, 2021 yilning ikkinchi yarmiga kelib turizm qisman tiklanishi mumkin. Ammo 2019 yilgi xalqaro darajasiga qaytishi katta ehtimol bilan 2,5 yildan 4 yilgacha vaqt olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz turizm

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing